Bilasizmi?

Blogimizda yangi muallif - To‘lqin Yusupov

Sizlar uchun eng qiziq va foydali maqolalarni chop etib borishga bel bog‘lagan va endi ilk qadamlarini tashlayotgan blogimiz bu maqsadda o‘z ishining ustasi, tajribali va iqtidorli mualliflar bilan hamkorlik qilish kabi maqsadlarni ham o‘z oldiga qo‘ygan. Bugun saytimizga o‘zining qiziqarli maqola va suhbatlari bilan hissa qo‘shib borishga rozilik bildirgan yangi muallifimiz To‘lqin Yusupovga blogimizga hush kelibsiz deymiz!

To‘lqin ko‘pchilikka Podsast.uz, Onatili.uz, Texnoman.uz kabi ko‘plab qiziqarli loyihalari bilan tanish. Hozirgi kunda o‘zi asos solgan veb hizmatlari ko‘rsatadigan Technesy studiyasida faoliyat yuritayotgan To‘lqin, erkak.uz da texnologiya, biznes, madaniyat va boshqa mavzularda maqolalar yozib boradi.

To‘lqinni erkak.uz bilan hamkorlik qilishga rozilik bildirgani uchun tashakkur etamiz va qiziqarli maqolalarini kutib qolamiz. [мессаге тйпе="инфо" титле=""Эътиборингиз учун:"]]Erkak.uz tajribali, intiluvchan va yaratuvchan yozuvchi (blogger/kopirayter), chizuvchi (dizayner/illyustrator) va quruvchi (developer/programmer)larni hamkorlikka taklif qiladi.  Agar biz bilan hamkorlik qilishga qiziqsangiz aloqaga chiqing.[/мессаге]