Bilasizmi?

Stiven Xoking: fan va texnologiya taraqqiyoti insoniyatga tahdid tug‘diradi

Sayyoramizda texnogen falokatlarning sodir bo‘lish ehtimoli yaqin 10 yillikda katta ehtimol bilan o‘sishi mumkin. Mashhur fizik olim Stiven Xokingning Radio Times ga bergan intervyusida qayd etilishicha, insonlar yaqin 100 yil ichida qo‘shimcha yashash joyi sifatida kosmosda avtonom koloniyalarni barpo eta ololmaydilar.

          Kembrij universiteti professori va dunyoga mashhur fizik Stiven Xoking fikricha, shiddat bilan rivojlanayotgan fan va texnologiya tufayli insoniyat 21 asrda yadro quroli va genetik modifikatsiyalangan viruslar kabi jiddiy tahdidlarga to‘qnash keladi deb yozadi, Guardian gazetasi:

“ Bizda yaqin 100 yil ichida yashash uchun kosmosda avtonom koloniyalarni barpo etish uchun imkoniyat mavjud emas, shu bois biz ayni paytda juda hushyor bo‘lishimiz kerak”. “Biz taraqqiyotni to‘xtatmoqchi emasmiz va uni ortga qaytarishga ham harakat qilmaymiz, biz tahdidlarni oldindan aniqlashni bilishimiz va ularni nazoratda ushlab turishimiz kerak”.

             Fizik-nazariyotchi, Stiven Xoking 10 million nusxada nashr etilgan “Vaqtning qisqa tarixi” nomli kitobning mualifidir. U olamning birlamchi holati, koinotning katta portlash nazariyasiga binoan doimiy kengayshi masalalari ustida izlanishlar olib borgan.

1963 yilda 22 yoshli Xokinga amiotrofik skleroz tashhisi qo‘yiladi. O‘shanda shifokorlar Xokingda 2-3 yillik umri qolgan deb hisoblashgan. Ammo ularning taxminlari o‘zini oqlamadi, olim ilmiy ishlarini davom ettirdi, ikki marta uylandi va uch bolaning otasi bo‘ldi. Butunlay falaj bo‘lib qolishiga qaramay olim faol hayot kechiradi- fan bilan shug‘ullanadi, dars beradi, kompyuterli nutq sintezatori orqali ma’ruzalar qilib, omma bilan muloqot quradi.