Salomatlik

Sports.ru: Mirjalol Qosimov – “Alaniya”ning nodir futbolchisi!

Rossiyaning sportga ixtisoslashgan mashhur Sports.ru sayti Yevropada katta futbol ob-havosi hukm surayotgan bir paytda o‘tgan asrning 90-yillaridagi mashhur futbolchilari haqidagi maqolani e’lon qildi. Unda rus klublari va jamoalarining Yevromusobaqalardagi ishtiroki, taniqli futbolchilar, muhim tarixiy o‘yinlar haqida hikoya qilingan.

Ahamiyatlisi shundaki, ana shu davrlarning eng kuchlilari qatorida o‘zbek futboli afsonasi Mirjalol Qosimov ham tilga olingan.

“Mirjalol Qosimov – “Alaniya”ning nodir futbolchisi! Klubni 3 bor tark etib, 3 marta “qoplonlar” qarorgohiga qaytgan...”, deb ta’rif beradi sayt futbolchiga.

O‘zbekistonning XX asrdagi eng yaxshi futbolchisi, deb tan olingan Mirjalol Qosimov futbolchilik faoliyatini yakunlagach, “Bunyodkor” va O‘zbekiston milliy terma jamoasini boshqardi.

Hozirda mazkur mutaxassis hech bir jamoada faoliyat olib bormayapti.