Bilasizmi?

"Sport" telekanali futzal bo‘yicha JCh-2016 o‘yinlarini translyasiya qiladi

Turnir joriy yilning 10 sentyabridan start oladi.

"Sport" telekanali futzal bo‘yicha jahon chempionati o‘yinlarini ko‘rsatish huquqiga ega bo‘ldi, deb Nuz.uz yozmoqda. Kolumbiyada bo‘lib o‘tadigan ushbu turnir joriy yilning 10 sentyabridan 1 oktyabrigacha davom etadi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston terma jamoasi futzal bo‘yicha mundialning "A" guruhida Kolumbiya, Portugaliya, Panama jamoalariga qarshi o‘ynaydi. Terma jamoamiz guruhning ilk uchrashuvida Panama terma jamoasiga qarshi bahs yuritadi. Uchrashuv 11 sentyabr kuni tonggi soat 04:00da boshlanadi.