Bilasizmi?

Qatar – O‘zbekiston uchrashuvini bahraynlik Ali Hasan Ibrohim Abdulnabi boshqarib boradi

The-uff.com'ning yozishicha, 2018-yili Rossiyada bo‘lib o‘tadigan Jahon chempionatiga uchinchi saralash bosqichining  “A” guruhi 2-turida O‘zbekiston milliy terma jamoasi 6 sentyabr kuni safarda Qatarga qarshi bahs olib boradi.

Ushbu o‘yinni bahraynlik hakamlar brigadasi boshqarib boradi. Uchrashuv bosh hakami sifatida FIFA referisi  Ali Hasan Ibrohim Abdulnabi tayinlandi. Unga qanotlarda Muhammad Jafaar Muhammad Salmon va Navaf Shaxin Halifa  Musa yordam beradi.

To‘rtinchi hakam vazifasi Abdulhusin Jamil Jumaga yuklatildi. Hakamlar nazoratchisi falastinlik Mikael Hananiya bo‘lsa, komissar – Chin-Fan Chuang (Xitoy Taypeyi).

Qatar va O‘zbekiston o‘rtasidagi uchrashuv 6 sentyabr, Doha shahridagi “Jassim bin Hamad” stadionida bo‘lib o‘tadi. O‘yin Toshkent vaqti bilan 21:00 da start oladi.

Jahon chempionati–2018 turnirining uchinchi saralash bosqichiga tayyorgarlik ko‘rayotgan Samvel Babayan murabbiyligidagi O‘zbekiston milliy terma jamoasi 20 avgust kuni navbatdagi yig‘inga kirishadi.

Yig‘in doirasida milliy terma jamoa 24 avgust kuni Burkina-Faso termasiga qarshi Toshkentda o‘rtoqlik uchrashuvini o‘tkazadi. Mazkur o‘yin “Paxtakor” stadionida, soat 20:00 da boshlanishi rejalashtirilgan.