Bilasizmi?

O‘zbekiston terma jamoasining Osiyo Kubogiga boradigan tarkibi ma’lum bo‘ldi

O‘zbekiston terma jamoasi bosh murabbiyi Ektor Kuper yanvar oyida BAAda o‘tkaziladigan Osiyo Kubogiga boradigan 23 nafar futbolchi ro‘yxatini e’lon qildi.

Darvozabonlar:
1. Ignatiy Nesterov («Lokomotiv»)
21. O‘tkir Yusupov («Qo‘qon-1912»)
12. Sanjar Quvvatov («Nasaf»)
 
Himoyachilar:
15. Yegor Krimets («Paxtakor»)
5. Anzur Ismoilov («Lokomotiv»)
3. Doston Tursunov («Renofa Yamaguchi», Yaponiya)
20. Islom To‘xtaxo‘jayev («Lokomotiv»)
13. Oleg Zoteyev («Lokomotiv»)
4. Farrux Sayfiyev («Paxtakor»)
2. Akmal Shorahmedov («Paxtakor»)
6. Davron Hoshimov («Navbahor»)
 
Yarimhimoyachilar:
23. Odil Hamrobekov («Nasaf»)
9. Odil Ahmedov («Shanxay SIPG», Xitoy)
19. Otabek Shukurov («Sharja», BAA)
18. Fozil Musayev («Jubilo Ivata», Yaponiya)
11. Jaloliddin Masharipov («Paxtakor»)
16. Aziz Turg‘unboyev («Navbahor»)
17. Doston Hamdamov («Anji», Rossiya)
22. Javohir Siddiqov («Qo‘qon-1912»)
8. Ikrom Aliboyev («Seul», Janubiy Koreya)
14. Eldor Shomurodov («Rostov», Rossiya)
 
Hujumchilar:
10. Marat Bikmayev («Lokomotiv»)
7. Sardor Rashidov («Lokomotiv»)

Kengaytirilgan ro‘yxatdan joy olgan Vitaliy Denisov, Aziz Haydarov, Vadim Afonin, Server Jeparov, Igor Sergeyev, Eldor Suyunov (jarohati bor), Aleksandr Lobanov va Jasur Hasanov Osiyo Kubogiga boradigan tarkibdan tushirib yuborildi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston terma jamoasi Osiyo Kubogi guruh bosqichida Ummon (9 yanvar), Turkmaniston (13 yanvar) va Yaponiya (17 yanvar) terma jamoalari bilan kuch sinashadi.

Hamyurtlarimiz 2 yanvar kuni Birlashgan Arab Amirliklariga yetib borishadi.