Mulohaza uchun mavzu

Odamiylik, oqibat borligini isbotlaydigan 20 ta ajoyib surat

So‘nggi vaqtlarda tez-tez odamgarchilik, odamlar o‘rtasidagi mehr-oqibat anqoning urug‘iga aylanganidan tez-tez noliydigan bo‘ldik. Ammo, oqibatsizlik har doim bo‘lgani kabi, odamgarchilik ham barhayot tuyg‘udir. Quyidagi suratlarni ko‘rar ekansiz, beixtiyor ta’sirlanasiz, yaxshi odamlarning borligidan ko‘nglingiz xotirjam tortadi. Har birimiz har kunimizni yaxshilikka safarbar qilaylik!

1. 9 yoshli bolakay otasining ruxsati bilan garajni ko‘chadagi daydi itlarga turar joyga aylantirdi.   

1_1469003191 (1) 

2. Soyabonli ayol madori qurigan, imkoniyati cheklangan otaxonga yomg‘irli kunda yordam bermoqda.  

 2_1469003191 

3. Bu oqibatli bolakay yil davomida yiqqan 120 dollariga muhtojlar uchun oziq-ovqat xarid qildi.

 4_1469003191

4. Mehribon 8 yoshli aka imkoniyati cheklangan ukasining orzusini amalga oshirish uchun maxsus triatlon yasattirdi.  

  6_1469003191

5. Hindistondagi restoranlardan biri ko‘chaga uysizlar uchun oziq-ovqatga to‘la muzlatkich qo‘ydi.  

7_1469003191

6. Sayyoh cho‘kayotgan mushukni soyaboni yordamida muqarrar o‘limdan saqlab qoldi. 

8_1469003191

7. Norvegiyalik yigitlar umrlarini garovga qo‘yib cho‘kayotgan qo‘zichoqni qutqarib qolishdi.

10_1469003191

8. Musulmon kishi ingliz xonimiga yer osti yo‘lidan o‘tishga ko‘maklashdi.  

11_1469003191

9. Nyu-Yorklik bu sartarosh har yakshanba kuni uysiz, muhtojlarga bepul xizmat ko‘rsatadi. 

12_1469003191  

10. Yaponiyada politsiya xodimlari o‘rdaklar oilasiga yo‘lni kesib o‘tishda yordamlashmoqdalar. 

14_1469003191

11. Hamjihat yo‘lovchilar platforma va poyezd oralig‘ida tiqilib qolgan yo‘lovchining hayotini qutqarib qolishdi. 

15_1469003191

12. Turkiyalik yosh kelin-kuyov to‘yga mehmon chaqirish o‘rniga, suriyalik qochoqlar uchun dasturxon yozib, o‘zlari xizmat qilishdi. 

16_1469003191

13. Bu inson kasal itiga yoqqani uchun har kuni u bilan birga suvga kiradi. 

17_1469003191

14. Pokistonlik ofitsiant qo‘li ishlamaydigan muhtojni ovqatlantirmoqda. 

18_1469003191

15. Braziliyada bo‘lgan namoyishlar chog‘ida odamlarga "Bugun mening tug‘ilgan kunim. Shu kunni tinchlikda o‘tkazsam degan edim", deb murojaat qilgan politsiya ofitseri sharafiga  namoyishchilar tort kesib, tavallud kunni birga nishonlashmoqda. 

19_1469003191

16. Bangladeshlik bola suv toshqinlari chog‘ida umrini xavf ostiga qo‘yib, kiyik bolasini qutqarib qoldi. 

20_1469003191

17. Bu kishi restoranda taom tayyorlanishi kerak bo‘lgan toshbaqalarni sotib olib, ularni vataniga qaytardi. 

21_1469004230

18. Soqov qo‘shnini baxtiyor qilish istagida bo‘lgan butun mahalla soqovlar tilini o‘rganib, hamsoyani hayajonga soldi. 

19. Jarroh yurak jarrohligi amaliyotidan oldin 2 yoshli xasta bolakayni xotirjam qilmoqda.  

20. Xasta kishilarni baxtiyor qilish uchun oyna tozalovchilar film qahramonlari qiyofasiga kirdilar.