Bilasizmi?

O‘zbekiston terma jamoasi: JCh uchun kechagi va bugungi ishtirok

6 sentyabr kuni Qatarga qarshi maydonga tushgan O‘zbekiston terma jamoasi g‘alabaga erishib, “A” guruhda birinchi o‘ringa chiqib oldi.

2018 yilda Rossiyada bo‘lib otadigan futbol bo‘yicha Jahon chempionati uchun dunyoning barcha mintaqalarida saralash bahslari o‘tkazilmoqda. 6 sentyabr O‘zbekiston milliy terma jamoasi uchinchi saralash bosqichining ikkinchi turida Qatar termasiga qarshi maydonga tushdi, deb Qalampir.uz yozmoqda.

Futbolchilarimiz mehmonda o‘ynaganiga qaramasdan minimal hisobda (0:1) g‘alaba qozonishdi. Uchrashuvda kiritilgan yagona gol muallifi Yegor Krimets bo‘ldi. O‘zbekiston futbolchilari kiritilgan golni O‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti Islom Karimovning xotirasiga bag‘ishladi.

futboll_(1)
Shu o‘rinda aytib o‘tish joizki, O‘zbekiston terma jamoasi jahon chempionatida ishtirok etish uchun uchinchi saralash bosqichi biror marta ketma-ket g‘alaba bilan boshlamagan va bunday omadli taqvimga ega bo‘lmagan edi. Vakillarimiz 1 sentyabr kuni birinchi tur doirasida Suriya termasiga qarshi maydonga tushishdi va 1:0 hisobida raqiblarda ustun kelishdi. Bu g‘alaba O‘zbekiston mustaqilligining 25 yilligiga bag‘ishlangan edi. O‘zbekiston keyingi tur uchrashuvlarini 6 va 11 oktyabr kunlari Eron va Xitoy terma jamoalariga qarshi Toshkentda o‘tkazadi. Bu ham yigitlarimizga mezbonda g‘alaba qozonish uchun katta ustunlik beradi.
Quyida so‘nggi uchta jahon chempionati saralashning uchinchi bosqichlarida O‘zbekiston terma jamoasi dastlabki turlarni qanday natija bilan boshlashgani haqida ma’lumot beramiz.“JCh-2014” Saralash, so‘nggi bosqich.

1-tur. O‘zbekiston-Eron – 0:1 2-tur. Livan-O‘zbekiston – 1:1

“JCh-2010” Saralash,  so‘nggi bosqich.

1-tur. Qatar-O‘zbekiston–3:0 2-tur. O‘zbekiston-Avstraliya – 0:1

“JCh-2006” Saralash,  uchinchi bosqich.

1-tur. O‘zbekiston-Saudiya Arabistoni – 1:1 2-tur. Quvayt-O‘zbekiston – 2:1