Bilasizmi?

O‘zbekiston o‘smirlari Avstraliyaga yutqazdi

15 sentyabrda start oladigan o‘smirlar o‘rtasidagi Osiyo chempionatida ishtirok etish uchun jo‘nab ketgan O‘zbekiston U-16 terma jamoasi Hindistonda Avstraliya bilan o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazdi.

9 sentyabr tunida Hindistonga yo‘l olgan O‘zbekiston o‘smirlar terma jamoasi Deli orqali Goa shahriga 10 sentyabrda, tushdan keyin yetib bordi. Bugun, 11 sentyabr kuni esa jamoa Avstraliya o‘smirlariga qarmi o‘rtoqlik uchrashuvida maydonga tushib, 2:3 hisobida mag‘lub bo‘ldi.

Temur Olimxo‘jayev boshchiligidagi jamoadan gollarga Xumoyun Abdusattorov hamda Abubakr Mo‘ydinov mualliflik qilishdi.

Abdusattorov uchashuvning 20-daqiqasida o‘z hisobiga gol yozib qo‘ygan bo‘lsa, Mo‘ydinovning goli 65-daqiqada kiritildi.

Ta’kidlash kerakki, O‘zbekiston o‘smirlar terma jamoasi Osiyo chempionati final bosqichining “D” guruhidan o‘rin olgan. Ushbu guruhda ularga Shimoliy Koreya, Tailand va Yaman jamoalari qarshilik qiladi.

O‘zbekistonliklar turnirni 17 sentyabr kuni Tailandga qarshi o‘yin bilan boshlaydi.

O‘zbekiston o‘smirlar terma jamoasining Osiyo chempionati guruh bosqichidagi o‘yinlari taqvimi:

17 sentyabr: O‘zbekiston – Tailand (19:30)

20 sentyabr: Yaman – O‘zbekiston (15:30)

23 sentyabr: KXDR – O‘zbekiston (18:30)

*O‘yinlar boshlanishi Toshkent vaqti bilan ko‘rsatilgan

 O‘rtoqlik uchrashuvi

O‘zbekiston - Avstraliya 2:3

O‘zbekiston gollari: Xumoyun Abdusattorov (20), Abubakr Mo‘ydinov (65)

O‘zbekiston tarkibi: Xojiakbar Jo‘rayev, Islom Karimov, Muhammadali Namozov, Shoxzamon Xayrullayev, Nursulton Kuyliboyev, Burxon Hasanov, G‘ayrat Azizxo‘jayev, Xumoyun Abdusattorov, Abdulxay Ismoilov, Shuxrat Ne’matov, Ibrohim G‘anixonov

Zaxira: Abduvohid Ne’matov, Jasurbek Umrzoqov, Mardon Abdullayev, Abubakr Mo‘ydinov, Ixtiyor Xoldorov, Abdug‘ani Komolov, Rasul Yo‘ldoshev, Asadbek Sobirjonov, Oston O‘runov, Baxromjon Soatov, G‘ayrat Azizxo‘jayev, Doniyor Abdumannopov.