Bilasizmi?

O‘zbekiston futzal terma jamoasi Yevropa chempioniga yutqazdi

Futzal bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi kecha Portugaliyada Ispaniya terma jamoasiga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazdi. Uchrashuv Yevropaning amaldagi chempioni hisoblangan Ispaniyaning yirik hisobdagi g‘alabasi bilan yakuniga yetdi – 4:0.

Manbada ma’lum qilishicha, ispanlarga qarshi o‘yin O‘zbekiston uchun Portugaliyadagi o‘quv-yig‘inining so‘nggi qismi edi. Vakillarimiz delegatsiyasi 3 sentyabr kuni Ispaniyaning Santyago-de-Kompostela shahriga yo‘l oladi va u yerda 3 kunlik yig‘in o‘tkaziladi. Shundan keyin Xose Mariya Mendez shogirdlari Jahon chempionatining final qismida ishtirok etish uchun Kolumbiyaga uchib ketishadi.

O‘zbekiston terma jamoasi musobaqaning "A" guruhida Kolumbiya, Portugaliya va Panama terma jamoalariga qarshi bahs olib boradi.

O‘rtoqlik uchrashuvi

Ispaniya – O‘zbekiston 4:0

Gollar: Fernandao (10), Adolfo Fernandes (25), Bebe (34), Lozano (39).