Bilasizmi?

O‘rtoqlik uchrashuvida O‘zbekiston - ko‘k, Burkina-Faso yashil rangli libosda maydonga tushadi

Samvel Babayan boshchiligidagi O‘zbekiston milliy terma jamoasi Jahon chempionati saralashining uchinchi bosqichiga tayyorgarlik ko‘rish doirasida 24 avgust kuni Burkina-Fasoga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazadi.

The-uff.com'ning xabar berishicha, har ikki jamoa rasmiylari o‘rtasida uchrashuv tashkiliy masalalari yuzasidan majlis bo‘lib o‘tdi. Shuningdek, ushbu tadbir davomida har ikki jamoaning o‘yinda qaysi rangli futbol libosida maydonga tushishlari borasida kelishib olindi.

Shunday qilib, 24 avgust kuni, “Paxtakor” stadionida, Toshkent vaqti bilan 20:00da boshlanadigan o‘rtoqlik uchrashuvida O‘zbekiston milliy terma jamoasi – ko‘k, Burkina-Faso esa yashil rangli futbol libosida maydonga tushadigan bo‘ldi.