Madaniyat

Ko‘ylak ustidan kamzulning o‘zini kiyib yurish mumkinmi?

Erkaklar libosiga oid bu savolning javobi ko‘pchilikni qiziqtiradi. Agar kamzulcha bir xil mato va rangda bo‘lsa bir navi, ammo oldi va orqasi boshqa matodan tikilgan bo‘lsa-chi?

Haqli savol. Ko‘plab kamzullarning oldi va orqasi (astari emas) alohida materiallardan. Odatda satindan, viskoza va kupro materiallaridan, arzonlari poliesterdan bo‘ladi. Kamzul sirti silliq va tovlanib turadi. Haqiqatan, bu xil kamzullarni dastavval, faqat kostyum bilan birga kiyishgan. Silliq matoning afzalligi kostyumning tanaga ishqalanishini kamaytirib turishidir.

Uchlik (troyka) rusumga kirgan davrda erkaklar pidjakni faqat uydagina yechishgan. Ammo hozir bu urf eskirdi, shuning uchun bemalol kamzulning o‘zini kostyumsiz kiyib yursangiz bo‘ladi. Ayniqsa, tantana va kechalarda oq ko‘ylak va kamzul yigitlarga yarashib turadi.

 yepman.ru sayti asosida tayyorlandi