Salomatlik

FIFA: O‘zbekiston milliy terma jamoasi 24 iyul kuni Toshkentda Iroq bilan o‘ynaydi

"O‘zbekiston milliy terma jamoasi JCh-2018 turnirining 3-saralash bosqichi arafasida Iroq terma jamoasiga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazadi. Bu haqda FIFA rasmiy saytining O‘zbekiston futbol federatsiyasiga ajratilgan sahifasida ko‘rsatilgan", deb yozadi tribuna.uz sayti.

Manbaning xabar qilishicha, uchrashuv shu yilning 24 iyul kunida Toshkent shahrida bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan. Qolaversa, FIFA sayti ma’lumotida O‘zbekiston milliy terma jamoasining 24 avgust kuni Yamanga qarshi, 10 noyabr kuni esa Iordaniyaga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvida maydonga tushishi haqidagi ma’lumotlar ham ko‘rsatilgan. Biroq O‘zbekiston futbol federatsiyasi mazkur o‘rtoqlik o‘yinlari haqida biror rasmiy ma’lumot bergani yo‘q.

friends

Eslatib o‘tamiz, jahon chempionati saralash bosqichiga tayyorgarlik ko‘rayotgan O‘zbekiston terma jamoasi so‘ngi o‘rtoqlik o‘yniini Avstriyada Kanada milliy terma jamoasiga qarshi o‘tkazib, 1:2 hisobida imkoniyatni boy bergandi.