Bilasizmi?

Denis Istomin faoliyati davomida ishlagan mukofot pullari miqdori 5 mln dollardan oshdi

O‘zbekistonning birinchi raqamli tennischisi Denis Istominning faoliyati davomida ishlab topgan mukofot pullari 5 038 510 dollarga teng, deb yozadi "Olamsport".

Nashr xabariga ko‘ra, 12 yildan beri ATR o‘yinlarida qatnashadigan Istominning yillik o‘rtacha daromadi 420 728 dollarni tashkil qiladi.

24 iyul holatiga bunday ko‘rsatkich bo‘yicha (yillik o‘rtacha daromadi) faoliyati orqali 107 309 145 dollar ishlab topgan Rojer Federer yetakchilik qilmoqda. U yiliga o‘rtacha 8 478 320 dollar ishlab topadi.

Undan keyingi o‘rinlarni Rafael Nadal ( faoliyati davomida 86 111 479, yiliga 7 386 870) va Sten Vavrinka (faoliyati davomida 30 623 544, yiliga 2 818 912) lar egallab turibdi.