Tailandda boks bo‘yicha yoshlar o‘rtasidagi Osiyo chempionati yakuniga yetdi. Hal qiluvchi jangda 8 nafar bokschimiz qatnashdi. Uz24.uz shu haqda yozmoqda.
Jang yakunlariga ko‘ra, finalda ishtirok etgan bokschilarimizning 5 nafari g‘alaba qozonib, oltin medal sohibiga aylanishdi. 3 nafar vakilimiz esa kumush medal bilan kifoyalandi.
-52 kg: Abdumalik Halakov - Ryutaro Nakagaki (Yaponiya) 1:4
-69 kg: Farruh Ilhomov - Perapat Yasungneon (Tailand) 4:1
-81 kg: Timur Ergashev - Rizo Hasan (Eron) 2:3
+91 kg: Lazizbek Mullojonov - Nardaulat Ulanuli (Qozog‘iston) 5:0
-49 kg: Samandar Holmurodov - Sachin (Hindiston) 5:0
-64 kg: Bilolbek Mirzarahimov - San’atali To‘ltayev (Qozog‘iston) 1:4
-75 kg: Rajabboy Atanazarov - Chao Ju (Xitoy) 4:1
-91 kg: Profsor Rorimsha - Danila Semenov (Qozog‘iston) 4:1
Shuningdek, bir nafar bokschimiz Saidjamshid Jafarov bronza medali sohibiga aylandi.