Ish

“Apple” asoschisi Stiv Jobsning eng mashhur 18 ta fikri

Hayotdagi sening vazifang oppoq qog‘ozdek toza umr sahifalarini to‘ldirish. Qilayotgan ishingdan ko‘ngling to‘lishini istasang, uning muhimligiga ishon. Muhim va buyuk ishlarni qilishning sharti esa ularni sevishdir.

Stiv Jobs

 ***

Yaratuvchilar yoki liderlar hamda ularning izdoshlari, ishqibozlarini ajratib turadigan yagona farq – ilg‘or fikrdir.

Stiv Jobs   

 ***

Oxirgi 33 yil mobaynida har tongda ko‘zguga qarab o‘zimdan bugun hayotimning so‘nggi kuni bo‘lganida shu bugun rejalashtirgan ishni qilgan bo‘larmidim, deb so‘rayman. Agar ketma-ket "yo‘q" degan javob bo‘lsa, demak nimanidir o‘zgartirishim kerakligini anglayman.

Stiv Jobs

 ***

Ba’zida hayot boshingga g‘isht bilan urganida ham, maqsadingdan chalg‘ima.

Stiv Jobs

 ***

Hayotimdagi sevimli narsalarning pulga daxli yo‘q. Hayotdagi eng qadrli boylik vaqt ekanligi barchamizga kunday ravshan.

Stiv Jobs

***

Bu olamda vaqting chegaralangan. Shunday ekan, uni kimningdir hayotida yashab bekorga sovurma. Ichki ovozingning boshqalarning fikr-mulohazalari shovqinida qolib ketishiga yo‘l qo‘yma. Va eng muhimi, qalbing va sezgilaringga ergashishni unutma.

Stiv Jobs

***

Oddiylik har doim diqqat-e’tiborim doirasidagi masala bo‘lib kelgan. Oddiylikka erishish hatto murakkablikka erishishdan ham qiyin: fikrlar tiniqlashuvi uchun ancha ter to‘kishga to‘g‘ri keladi. Ammo, oxir-oqibat bu urinishlar natijaga munosib bo‘ladi: oddiylik bilan tog‘ni ham siljitsa bo‘ladi.

Stiv Jobs

***

Texnologiya, bu – hech narsa. Muhimi, odamlarga xayrixohlik, ularga imkon berish. Odamlar mohiyatan yaxshi va aqlli. Agar ularga zarur vositalarni bersangiz, ular ajoyib ishlarni uddalaydilar.

Stiv Jobs 

 ***

Menga qabristonda ko‘milgan eng boy odam bo‘lishning ahamiyati yo‘q. Har tun uyquga ketishdan avval bugun qilingan qoyilmaqom biror ishni o‘ylab, huzurlanish esa – eng muhimi.

Stiv Jobs  

 ***

Ba’zilar Yaponiyani ilg‘or g‘oyalarni o‘g‘irlashda ayblashadi. Lekin men bu fikrda emasman. Menimcha ular innovatsiyalarni qayta kashf qiladilar. Yaponlar kashf qilingan narsalarni olib, uni mufassal o‘rganishadi. Ba’zida ular yangi texnologiyalarni ularning kashfiyotchilaridan ham yaxshiroq tushunadilar.

Stiv Jobs

***

Yigitlik chog‘larimdayoq o‘zim sevgan ishni topganimdan baxtiyor edim. Do‘stim Voz (Stiv Voznyak) hamda men ota-onamning garajida "Apple"ga asos solganimizda 20 yoshda edim. Biz tinimsiz mehnat qilardik va 10 yil deganda bahosi 2 milliard AQSh dollariga teng va 4 ming xodimni birlashtirgan kompaniyaga ega bo‘ldik.

Stiv Jobs   

***

Men 23 yoshimda bir million, 24 yoshimda o‘n, 25 yoshimda yuz million sohibi edim. Biroq bu men uchun ahamiyatsiz bo‘lgan. Boisi hech qachon pul uchun harakat qilmaganman.

Stiv Jobc

***

Omadsiz tadbirkordan farqli ravishda,  muvaffaqiyatli tadbirkorning yutuqlari qunt va qat’iyatga bog‘liq ekaniga ishonch hosil qildim.

Stiv Jobc

 ***

Nima qilishdan ko‘ra, nima qilmaslik to‘g‘risida qaror qabul qilish muhim.

Stiv Jobc

 ***

Kompyuter, mening nazarimda biz shu vaqtga qadar o‘ylab topgan eng benazir vosita. Buni biz ongimizni harakatga keltiruvchi velosipedga qiyoslasak to‘g‘ri bo‘ladi.

Stiv Jobs

***

Biz ongu shuurimizga orom berish maqsadida televizorni o‘chirib, idrokimizni charxlash uchun kompyuterni yoqamiz.

Stiv Jobs

 ***

Men o‘zim bemalol ko‘tarib yura olmaydigan, 20 daqiqa ichida foydalanuvchisiga o‘zi to‘g‘risida barcha narsani o‘rgata olmaydigan kompyuterni tan olmayman.

Stiv Jobc

 ***

Xaridorlardan ular nimani xohlashlarini so‘rab, buni ularga yaratib berguningcha ular boshqa qulayliklarni istab qolishadi. Ko‘pincha, odamlarga ko‘rsatmaguningcha ular nima xohlashlarini bilmaydilar.

Stiv Jobs

***