Bilasizmi?

Alisher Usmonov yana bir futbol klubni sotib olishi mumkin

Rossiyalik biznesmen Alisher Usmonov Belgiyaning “Anderldext” futbol klubini sotib olishi mumkin, deb xabar qilmoqda Het Laatste Nieuws gazetasi.

Usmonovdan tashqari ushbu klubni sotib olishga Pol Geyzens va Vouter Vanderxaute birgalikda harakat qilishmoqda.

Futbol klubi ayni damda Rodjer Vanden Stokk tegishli. Xabarda aytilishiga ko‘ra, klubga yangi mulkdor ega bo‘lsada, uning boshqaruvi bugungi kundagi rahbariyat ostida qoladi. Alisher Usmonovning matbuot xizmati xabariga ko‘ra, biznesmen bu borada hali  yakuniy qaror qabul qilmagan.

“Janob Usmonov doimiy ravishda turli takliflar olib turadi. "Anderlext" futbol klubini sotib olish haqidagi taklif ham shular jumlasidan, lekin hozircha hech qanday qaror qabul qilingani yo‘q. Alisher Usmonov “Arsenal” klubining doimiy va sofdil muxlisi hamda klub aksiyadoridir”, — deyilgan xabarda.

Eslatib o‘tamiz, Alisher Usmonov Londonning “Arsenal” klubining 30 foiz aksiyalari egasidir.

"Anderlext" esa o‘z tarixida belgiya chempionatida 34 marotaba, mamlakat kubogida 9 marotaba, Belgiya superkubogida 13 marotaba chempion bo‘lgan. Undan tashqari ikki marotaba Kuboklar egalari kubogi hamda UYeFA superkubogi, bor marotaba UYeFA kubogi sohibi bo‘lgan.