O‘zbekistonda dollarning yangi rasmiy kursi belgilandi

O‘zbekistonda dollarning yangi rasmiy kursi belgilandi

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki 2017 yil 10 yanvardan boshlab valyuta operatsiyalari bo‘yicha buxgalteriya hisobi, statistik va boshqa hisobotlarni yuritish, shuningdek, bojxona va boshqa majburiy to‘lovlari uchun xorijiy valyutalarning so‘mga nisbatan quyidagi qiymatini belgiladi, deb yozadi Sof.uz.

Unga ko‘ra, 1 AQSh dollari  3243 so‘m 89 tiyin etib belgilandi. Bu 2017 yil 2 yanvardagi kursga nisbatan 12 so‘m 45 tiyinga ko‘p.

Valyuta qiymatini belgilash chog‘ida O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki mazkur valyutalarni ushbu qiymatda sotish yoki sotib olish majburiyatini olmagan.