O‘zbekiston milliy terma jamoasi Daniya U-23 bilan o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazadi

O‘zbekiston milliy terma jamoasi Daniya U-23 bilan o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazadi

O‘zbekiston milliy terma jamoasi 21–24 yanvar kunlari Birlashgan Arab Amirliklarida navbatdagi o‘quv-mashg‘ulot yig‘inini o‘tkazadi, deb xabar beradi Sof.uz, O‘FF rasmiy saytiga asoslangan holda.

O‘zbekiston Futbol Federatsiyasi va Daniya Futbol Federatsiyasining o‘zaro kelishuviga ko‘ra, yig‘in doirasida terma jamoamiz 22 yanvar kuni Dubay shahrida Daniya U-23 terma jamoasiga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvida maydonga tushadi.

Avvalroq O‘zbekiston terma jamoasi 23 yanvar kuni Gruziya bilan o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazishi haqida ham xabar berilgan edi.

Bizni Telegram orqali kuzatib boring: https://telegram.me/uzerkak