IT gigantlarni boshqarayotgan 10 ta hind

IT gigantlarni boshqarayotgan 10 ta hind

Rediff nashri bundan bir necha oy avval jahondagi eng ilg‘or IT- kompaniyalarni boshqarayotgan 10 ta hind haqida ma’lumot bergan edi. Maqola juda qiziqarli yozilgan, unda dunyo axborot texnologiyalariga ulkan ta’sir ko‘rsatayotgan yirik kompaniyalarni muvaffaqiyat bilan idora etayotgan 10 hind millatiga mansub boshqaruvchilar keltirilgan. Quyida ushbu ishbilarmon hind shovvozlari haqida so‘z yuritamiz

Sundar Pichay. Google, Ijrochi direktor

Jahonning eng qudratli IT firmasini boshqarib kelayotgan ushbu kamtar hind yigiti haqida avval ham saytimizda xabar bergan edik.

Sundar Pichay 43 yoshda. U 2015 yilda Google mahsulotlarining rivojiga katta hissa qo‘shganligi uchun Google’ning ijrochi direktori lavozimiga tayinlangan. Bundan avval esa u Google’ning mahsulotlarni rivojlantirish bo‘yicha rahbari lavozimida ishlagan va Google+Google Wallet, Android Pay kabi servislarning yuksalishiga javob bergan.

11pichai2

Pichay Google kompaniyasiga 2004 yilda ishga joylashgan va Google Shrome, Shrome OS va Google Drive xizmatlarining yaratilishida muhim rolь o‘ynagan. U AQShdagi mashhur Stenford universiteti va Uorton biznes maktabida tahsil olgan.

Satьya Nadella. Misrosoft, Ijrochi direktor

Garchi Google’ni zabt etgan Sundar Pichay hozirda ko‘pchilikning hayratiga sabab bo‘lsa-da, aslida uning Satьya Nadella ismli hamyurti undan-da avvalroq Misrosoft kompaniyasining ijrochi direktori lavozimiga saylangan edi. Satьya Nadella AQShda eng ko‘p maosh oladigan ijrochi rahbar hisoblanadi. Nadella Misrosoft’da 1992 yildan beri xizmat qiladi.

31satya-nadella5-600x453

Nadella Hindistonning Haydarobod shtatidan. Elektronika va kommunikatsiya muhandisligi yo‘nalishi bo‘yicha Manipal texnologiya institutini tamomlagan. Keyinchalik AQShning Viskonsin universiteti va Chikago universitetlarida tahsilini davom ettirgan. U Misrosoft’ga qo‘shilishidan oldin Sun Misrosystems kompaniyasida ishlagan.

Sanjay Kumar Jha. Global Foundries, Ijrochi direktor

Hindistonning Bihar shahridan bo‘lgan Sanjay Kumar Jha bugungi kunda yarimo‘tkazgichlar ishlab chiqarish bo‘yicha jahonning eng yirik firmalaridan bo‘lgan Global Foundries kompaniyasini boshqaradi. Bundan avval u Qualsomm kompaniyasida bosh ijrochi direktor vazifasida ishlab kelgan. Shotdandiyaning Stratklayd universitetida elektron muhandislik bo‘yicha doktorlik darajasiga (PhD) ega.

sanjay-jha-600x337

Sanjay Kumar Jha AQShdagi eng ko‘p maosh oladigan hindistonlik boshqaruvchilardan biridir.

Shantanu Narayen. Adobe, Ijrochi direktor

Asli Hindistonning Haydarobod shtatidan bo‘lgan Shantanu Narayen dasturiy ta’minot yo‘nalishida jahondagi eng yirik kompaniyalardan biri – Adobe’ni boshqaradi. Uning rahbarligi ostida mazkur firma jahon IT infrastrukturasi bozorida o‘z mavqeini yildan-yilga oshirib bormoqda.

16ceo3-600x469

Shantanu Narayen dunyodagi eng ko‘p maosh oladigan ijrochi direktorlardan biri sanaladi. Osmaniya universitetida elektron muhandislik mutaxassisligi bo‘yicha tahsil olgan. Keyinchalik Kaliforniyaning Berkli va Ogayo shtatida joylashgan Bouling Grin universitetida o‘z bilimlarini mustahkamlagan.

Nikesh Arora. SoftBank Internet and Media Ins, Ijrochi direktor

Nikesh Arora uzoq yillar davomida Google kompaniyasida turli yetakchi lavozimlarda ishlagan. Biroq u o‘tgan yili qidiruv giganti bilan xayrlashib, SoftBank Internet and Media Ins. kompaniyasining rahbar muovini bo‘lib ish boshladi. Arora mazkur kompaniyada internet, telekommunikatsiya, media va global sarmoya masalalariga javob beradi.

13arora

Google kompaniyasiga ishga kirguncha, u Putnam Investment firmasida telekommunikatsiya tahlilchisi vazifasida faoliyat ko‘rsatgan.

Nikesh Arora elektr muhandisligi bo‘yicha tahsil olgan. Keyinchalik AQShning Boston kollejida moliyani o‘rgangan.

Fransisko Dsuza. Sognizant, Ijrochi direktor

IT-sanoatidagi eng yosh ijrochi direktorlardan bo‘lgan Dsuza Sognizant kompaniyasida 1994 yildan beri xizmat qilib keladi. U bundan 8 yil avval mazkur kompaniyaning ijrochi direktori lavozimiga tayinlangan. O‘shanda u bor-yo‘g‘i 38 yoshda edi.

frank-kJIH-621x414@LiveMint

Fransisko Dsuza Hindistonning Goa shtatidan. U ayni vaqtda General Elestris konsernining direktorlar kengashiga ham a’zolik qiladi.

Dsuza East Asia va Sarnegie-Mellon universitetlarida biznes boshqaruvini mutaxassisligi bo‘yicha o‘qigan.

Dinesh Palival. Harman International, Ijrochi direktor

Dinesh Palival 2007 yildan beri avtomobillar, iste’molchilar va ixtisoslashgan bozorlarga audio va infoteinment tizimlarini tayyorlaydigan Harman International firmasini boshqarib keladi. Uning boshqaruvi ostida kompaniya o‘z sohasida yirik va innovatsion gigantlardan biriga aylandi.

Dinesh asli Tojmahal joylashgan Agra shahridan. U Hindistonning Texnologiya universitetida va moliya yo‘nalishi bo‘yicha Mayami universitetida tahsil olgan.

Sanjay Mehrotra. SanDisk Sorporation, Ijrochi direktor

Sanjay Mehrotra SanDisk Sorporation kompaniyasining ta’sischisi va ijrochi direktoridir. Firma xotira chiplarini ishlab chiqarish bo‘yicha jahonning eng yirik kompaniyalaridan biri hisoblanadi.

Uning boshqaruvi ostida kompaniya korporativ segment uchun SSD kartalar tayyorlashni kengaytirdi va mobil sanoatda o‘z o‘rnini topishga intilmoqda.

5-Things-to-know-about-Sanjay-Mehrotra-SanDisk-768x427

Mehrotra AQShning Berkli universitetida elektr muhandisligi va kompьyuter texnologiyalari bo‘yicha tahsil olgan. Keyinchalik u Stenford universitetining biznes boshqaruviga ixtisoslashgan dasturini tamomladi.

Rajiv Puri. Nokia, Ijrochi direktor

Rajiv Puri axborot texnologiyalari sohasida mana sal kam 25 yildan beri ishlab keladi. U mobil tarmoqlar, yirik ma’lumotlar tahlili, bulut xotira va internet biznesi yo‘nalishlarida juda katta tajribaga ega.

U 2014 yilda Nokia kompaniyasining ijrochi direktori lavozimiga tayinlangan.

2014-04-29-image-8-600x397

Manipal texnologiya universitetida muhandislik yo‘nalishi bo‘yicha o‘qigan. 1967 yilda Hindistonning Dehli shahrida tug‘ilgan. Ayni vaqtda Finlandiyada istiqomat qiladi.

Jorj Kurian. NetApp, Ijrochi direktor

AQShning NetApp nomli kompьyuter xotiralari va ma’lumotlarni boshqarish kompaniyasiga ham hind millatiga mansub shaxs rahbarlik qiladi.

Kurian mazkur kompaniyaga 2011 yilda ishga qirgan, 2015 yilda ijrochi direktor lavozimiga tayinlangan. NetApp’dan oldin Jorj Kurian Sisso kompaniyasida bosh menejer bo‘lib xizmat qilgan. Eng qizig‘i, uning egizak ukasi Tomas Kurian Orasle firmasining prezidenti hisoblanadi.

george-kurian-600x450

Jorj avval Hindistonning Madras institutida, keyin esa AQShning Prinston universitetida elektr muhandisligi bo‘yicha tahsil olgan. Shu bilan birga, Stenford universitetida biznes boshqaruvini o‘rgangan.